Ushbu maqolada yashil kreditlar portfelini shakllantirish jarayonida banklar duch keladigan asosiy risklar va ularni boshqarish strategiyalari tahlil qilindi. Xalqaro tajriba asosida kredit, iqlim, tranzit, texnologik, operatsion, bozor va “greenwashing” xavflarining tabiati ochib berildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yashil kreditlar an’anaviy kreditlardan farqli ravishda murakkab risk profiliga ega bo‘lib, ular uchun ekologik taksonomiya, energiya samaradorlik sertifikatsiyasi, mustaqil audit va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlovchi mexanizmlar zarur. O‘zbekiston sharoitida ham ushbu vositalarni joriy etish banklar kredit portfelining sifatini oshirish, ekologik xavflarni kamaytirish va iqtisodiyotning “yashil transformatsiya”sini tezlashtirishga xizmat qiladi
Mazkur maqolada 2013-2023-yillarda Oʻzbekiston banklarining faoliyati tahlil qilingan boʻlib, kredit va likvidlik risklarining bank barqarorligiga taʼsiri oʻrganilgan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, kredit risklarining ortishi moliyaviy barqarorlikni pasaytiruvchi asosiy omildir. Shu bilan birga, yuqori likvid aktivlarga ega boʻlgan banklar barqarorroq ekanligi aniqlangan. Tadqiqot banklarning risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish uchun ilmiy asos va amaliy tavsiyalarni taklif etadi.
Biz ushbu maqolamizda O‘zbekiston Respublikasida davlat ulushiga ega banklarning kredit portfelining tahlilini amalga oshirganmiz. Tijorat banklarining jismoniy shaxslarga nisbatan siyosati va yuridik shaxslarga qaratilgan kredit siyosati tahlil qilingan. Tijorat banklarida kredit risklari hamda kredit liniyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.