Maqolada art turizm madaniyat, kreativ industriyalar va mehmon tajribasi kesishmasidagi yangi yo‘nalish sifatida yoritiladi. Xalqaro va mahalliy adabiyotlar (MacCannell, Bourdieu, Florida, Richards) hamda O‘zbekiston qonunchiligi (2024-yilgi “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi Qonun) asosida to‘rt blokli model ishlab chiqildi: (1) nazariy-huquqiy asoslar; (2) amaliy formatlar; (3) hududiy-urbanistik kontekstlar; (4) psixologik-ijtimoiy funksiyalar. Modelning besh xususiyati aniqlandi: estetik tajriba markaziyligi, faol ishtirok, rassom–auditoriya muloqoti, kreativ iqtisodiyotga integratsiya va qiymatlar uyg‘unligi. O‘zbekiston misollari yo‘nalishning shakllanayotganini ko‘rsatadi. Tadqiqot xizmat sifatini baholashni estetik va interaktiv ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirish zarurligini asoslaydi.