Ushbu maqola shahar aholisining tezlik bilan o‘sishi, aholining yirik va katta shaharlarda to‘planishi, shaharlar chegarasi kengayishida demografik jarayonlar va ularning rivojlanishi masalalariga bag‘ishlangan. Bunda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida olib borilgan siyosat mahsuli bo‘lgan mavjud shahar aholi manzilgohlari shakllanishi, unda aholi tabiiy va mexanik harakatlari ko‘lami, xususan aholining tashqi va ichki migratsiya natijasida shakllanishi asoslangan. Shuningdek, dunyoning barcha mamlakatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham aholining demografik rivojlanish tendensiyalari boshqa ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar qatori urbanizatsiyaga bevosita ta’sir ko‘rsatayotganligi ilmiy asoslab berilgan.
Maqolada mehnat resurslari toʻgʻrisidagi olimlarning nazariy qarashlari, Oʻzbekiston Respublikasi doimiy aholisining hududlar boʻyicha taqsimlanishi, oʻsish tendensiyasi, mehnat resurslarining iqtisodiy faol va nofaol aholi boʻyicha taqsimlanishi, ularning mintaqalardagi oʻsish tendensiyalari, iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha taqsimlanishi haqida fikr yuritiladi.
Ushbu maqolada yurtimizda jismoniy shaxslarning jami daromadlari tarkibi va dinamikasi, jismoniy shaxslarnig jami daromadlarining davlat byudjeti daromadlari va soliqlar kesimidagi ulushi aholi jami daromadlari o‘zgarishi, jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlarini o‘rganish orqali ularning davlat byudjeti daromadlariga ta’siri raqamlar bilan tahlil qilingan, shuningdek tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqilgan
Mazkur tadqiqotda O‘zbekiston aholisining 2050-yilgacha demografik rivojlanishini prognozlashda geografik axborot tizimlari (GAT) texnologiyalaridan foydalanish metodologiyasi ishlab chiqildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi aholi soni, yosh-jins tarkibi, hududiy joylashuvi, urbanizatsiya jarayonlari hamda ichki va tashqi migratsiya oqimlarini hududlar kesimida kompleks tahlil qilish va prognozlash mexanizmini takomillashtirishdan iborat. Tadqiqot natijalari davlat rejalashtiruvi, hududiy rivojlanish strategiyalari, mehnat bozori prognozlari va ijtimoiy infratuzilmani optimallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. GAT texnologiyalaridan foydalanish demografik prognozlarning aniqligi va vizual tahlil imkoniyatlarini oshirib, qaror qabul qilish jarayonini ilmiy asoslashga xizmat qiladi