Ushbu maqolada korxonalarda innovatsion faoliyat samaradorligini baholashning ilmiy-uslubiy yondashuvlari tahlil qilingan. Maqolada innovatsion faoliyatni tashkil etishning resurs talablari, sifat va miqdoriy baholash mezonlari, shuningdek, yetakchi rus va xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari (Zavlin, Fatxutdinov, Safronov, Somonkova va boshqalar) asosida nazariy asoslar ochib berilgan. Shuningdek, innovatsion faoliyat samaradorligini baholashda diskontlash usuli, foyda indeksi (PI), sof joriy qiymat (NPV) va ichki foyda normasi (IRR) kabi ko‘rsatkichlardan foydalanishning mohiyati ochib berilgan
Ushbu maqolada energetika sohasida raqamli transformatsiya jarayonlarining iqtisodiy mohiyati ilmiy-nazariy asosda yoritilgan hamda uning iqtisodiy samaradorligini baholash metodlari tahlil qilingan. Tadqiqotda raqamli transformatsiyaning energetika korxonalariga ta’siri, xususan, xarajatlarni kamaytirish, energiya yo‘qotishlarini qisqartirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va investitsiya jozibadorligini ta’minlashdagi o‘rni asoslab berilgan. Maqolada digitizatsiya, digitalizatsiya va raqamli transformatsiya tushunchalari o‘zaro solishtirilib, ularning iqtisodiy mazmuni ochib berilgan. Shuningdek, raqamli loyihalarning iqtisodiy natijalarini baholashda qo‘llaniladigan asosiy metodlar KPI tizimi, senariyli tahlil (Scenario analysis), xarajat–foyda tahlili (Cost–Benefit Analysis), investitsion tahlil (NPV, IRR, Payback Period) va integral baholash modeli mukammal yoritilgan.