Maqolada turizm sektorini raqamlashtirishning asosiy yoʻnalishlari tahlil etilgan. Raqamlashtirishda asosiy tendensiyalar "Smart Tourism" (aqlli turizm) tushunchasi va uning evolyutsiyasi tahlil etilgan, Turizm 4.0 konsepsiyasi yoki Industriya 4.0 texnologiyalarining turizm sohasiga kirib kelishining nazariy asoslari oʻrganilgan, raqamli ekotizimlar va ularning turistik yoʻnalishlar (destinatsiyalar) raqobatbardoshligiga taʼsiri masalalari koʻrib chiqilgan. Ushbu masalalar boʻyicha olimlar fikrlari tahlil etilgan. Oʻzbekistonda turizmni raqamlashtirish jarayoniga baho berilgan
Ushbu maqolada xufiyona iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida blokcheyn, sun’iy intellekt va "Big Data" texnologiyalarining soliq ma’murchiligi hamda moliyaviy tranzaksiyalar shaffofligini ta’minlashdagi imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida raqamli ekotizimni rivojlantirish orqali yashirin aylanmalarni qonuniy sektorga o‘tkazish bo‘yicha ilmiy yondashuvlar umumlashtirilgan. Maqola yakunida milliy iqtisodiyotda raqamli transformatsiyani jadallashtirish orqali xufiyona faoliyatni minimallashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ilgari surilgan
Ushbu maqolada islom moliya instrumentlarining raqamli transformatsiyasi, ularni O‘zbekistonda joriy etishning metodologik asoslari hamda xalqaro tajribalar bilan uyg‘unlashtirish masalalari tahlil qilindi. Raqamli texnologiyalar, blokcheyn, smart-shartnomalar, tokenizatsiya, e-KYC va API-integratsiya, islomiy moliyalashtirish jarayonlarida shaffoflikni, operatsion samaradorlikni va shariatga muvofiqlikni kuchaytirishi ilmiy asoslab berildi. Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni tajribasi O‘zbekiston amaliyoti bilan taqqoslanib, milliy raqamli islom moliyasi modelini yaratish uchun zarur bo‘lgan metodik, texnik va huquqiy yo‘nalishlar belgilab olindi. Natijalar sektorning barqaror rivojlanishi uchun raqamli shariat auditi, smart-shartnomalarning huquqiy maqomi, tokenizatsiya qoidalari va shariatga mos fintech ekotizimining shakllantirilishi muhimligini ko‘rsatdi