Maqolada O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyot sharoitida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlari yaratish, qashshoqlikni kamaytirish va aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan asosiy qonuniy hujjatlar va strategiyalar tahlil qilingan. Shuningdek, oilaviy korxonalar sonining o‘sishi va ularning mamlakat sanoat ishlab chiqarishiga qo‘shgan hissasi haqidagi statistik ma'lumotlar keltirilgan. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun raqamli texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Мақолада 2010–2024 йиллар бўйича панель маълумотлар асосида Ўзбекистон Республикаси ҳудудларида ифлослантирувчи моддалар ташламаларига таъсир этувчи омилларнинг эконометрик таҳлили амалга оширилган. Ижтимоий-иқтисодий омилларнинг таъсирини баҳолаш учун чизиқли ва логарифмик регрессия моделларидан фойдаланилган. Тадқиқот натижалари саноат ишлаб чиқариши ҳажмининг ошиши ифлослантирувчи моддалар ташламаларининг кўпайиши билан кузатилишини, асосий капиталга инвестициялар ва аҳоли зичлигининг ортиши эса улар ҳажмининг камайиши билан боғлиқлигини кўрсатди. Натижаларни таққослаш логарифмик регрессия модели чизиқли спецификацияга нисбатан тадқиқ этилаётган боғлиқликларни аниқроқ ифодалашини кўрсатди
Ushbu maqolada samaradorlikning iqtisodiy mazmuni, samaradorlik formulasi, samaradorlik turlari va tavsifi, sanoat korxonalarida samaradorlikning roli va ahamiyati hamda ishlab chiqarish samaradorligini o‘lchovchi asosiy ko‘rsatkichlar tahlili amalga oshirilgan.
Mintaqa iqtisodiyotining barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash zamonaviy makro va mikrosiyosatning markaziy masalalaridan biridir. Ushbu maqolada mintaqaviy rivojlanishni iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional omillar nuqtai nazaridan tushunish hamda ularni ekonometrik modellashtirishning nazariy asoslari sistematik tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy vazifasi hududiy darajadagi rivojlanish jarayonlarini izohlovchi hamda prognozlovchi matematik-iqtisodiy modellarni tanlash va ularni nazariy jihatdan asoslashdan iborat. Ilmiy-tadqiqot ishida iqtisodiy o‘sishni belgilovchi endogen va ekzogen ko‘rsatkichlar (YAIM/GRDP, sanoat va xizmatlar hajmi, investitsiyalar, bandlik, daromadlar, infratuzilma va institutsional indikatorlar) tavsiflanadi va ularning o‘zaro bog‘liqligi nazariy platformada (neoklassik, institutsional va evolyutsion iqtisodiyot yondashuvlari) joylashtiriladi.