Maqolada O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida muammoli qarzdorlik (NPL) o‘sish omillari makroiqtisodiy va bankka xos determinantlar uyg‘unligida tahlil qilinadi hamda kredit riskini erta ogohlantirish mexanizmlari (EWS)ning aktivlar sifati yomonlashuvining protsiklik xususiyatini kamaytirishdagi roli baholanadi. Empirik asos sifatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining NPL va kredit portfeli bo‘yicha rasmiy ko‘rsatkichlari, shuningdek, bank sektori transformatsiyasi sharoitida NPL determinantlariga oid zamonaviy tadqiqotlar yondashuvlari qo‘llanadi. Davlat ulushi mavjud banklar va boshqa banklar o‘rtasidagi institutsional farqlar, NPLni regulyator o‘lchovi va IFRS 9 yondashuvi o‘rtasidagi taqqoslanish muammosi hamda restrukturizatsiya amaliyotlari alohida yoritiladi. Natijalar asosida aktivlar sifati bo‘yicha oshkoralikni kuchaytirish, IFRS 9 indikatorlarini nazorat monitoringiga integratsiya qilish va EWS triggerlarini standartlashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqiladi.
Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni, xususan, investitsion loyihalarni moliyalashtirish, bandlik darajasini oshirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etishdagi faoliyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda “Yangi O‘zbekiston – 2030” dasturi va 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi kabi strategik hujjatlarning bank tizimini rivojlantirishdagi ustuvor yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston bank tizimining asosiy ko‘rsatkichlari (aktivlar, kreditlar, kapital va depozitlar) bo‘yicha chuqur tahlil o‘tkazilgan. Xususan, davlat ulushi mavjud banklar va boshqa banklar o‘rtasidagi farqlar, ularning bozordagi ulushlari va iqtisodiy barqarorlikka ta’siri statistik ma’lumotlar asosida ko‘rsatib berilgan. Tahlil natijasida davlat banklarining bozorda ustun mavqega ega ekanligini, biroq boshqa banklarning depozitlarni jalb qilishda deyarli teng raqobatlasha olishi aniqlandi. Shuningdek, tijorat banklarining kreditlash faoliyati va muammoli kreditlar (NPL) hajmi bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etilib, bu boradagi risklar va samaradorlik baholangan.
Mazkur maqolada bank tizimida muammoli kreditlar (NPL), ularning xususiyatlari, hisob va statistikasining yuritilishi, ular bo‘yicha zaxiralarning to‘g‘ri hisoblanishi, Germaniya Deutsche bankida kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi yaratilgan zaxiralar holati va bank kredit portfelini sog‘lomlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.