Мақолада зиёрат туризми ривожланишининг замонавий тенденциялари таҳлил этилган. Зиёрат туризми, диний туризм моҳияти ва уларга қарашлар кўриб чиқилган. Диний туризмнинг мазмуни ўзгарганлиги ва бу ўзгаришлар хусусиятлари баён қилинган. Бунда зиёрат ва туризм тушунчаларининг уйғунлиги билан боғлиқ бўлган атамашунослик масалалари, туристларни зиёратга ундовчи мотивaциялардаги ўзгаришлар, зиёрат туризмининг алоҳида объектларини ўрганиш, зиёрат туризмида рақамли технологияларни қўллаш масалалари кўриб чиқилган.
Maqolada O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy imkoniyatlari tarixiy-madaniy meros, hududiy destinatsiyalar, xizmatlar sifati, halal turizm talablari, raqamli targ‘ibot, xalqaro brending va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari bilan uzviy bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Tadqiqotda rasmiy statistik byulletenlar asosida 2021 – 2025-yillarda kiruvchi turistlar oqimi dinamikasi hamda 2024-yilda yirik ziyorat markazlarida kiruvchi tashrif buyuruvchilarni joylashtirish ko‘rsatkichlari baholandi. Shuningdek, 2026-yilda tasdiqlangan “Umra plyus” dasturi doirasidagi subsidiya tartibi ziyorat turizmini eksportbop xizmatlar segmentiga aylantirishga xizmat qiluvchi amaliy iqtisodiy rag‘bat sifatida talqin etildi. Natijalar asosida ziyorat marshrutlarini hududlararo bog‘lash, halal servis standartlarini kengaytirish, raqamli platforma yaratish va monitoring indikatorlarini joriy etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Ushbu maqolada mamlakatimizda ziyorat turizmini rivojlantirishning nazariy asoslari o‘rganilgan bo‘lib, unda uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va mohiyati xorijiy va mahalliy olimlar qarashlari asosida yoritib berilgan.