Ushbu maqolaning maqsadi AKT rivojlanishi, eksport diversifikatsiyasi va daromadlar tengsizligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni empirik tadqiq qilishdan iborat. Tadqiqot 2002-2019 yillardagi 83 mamlakat ma’lumotlarini panel kvantil regressiya usuli yordamida tahlil qilishga asoslangan. Tahlil natijalariga binoan, AKT daromadlar tengsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, bu ta’sir Jini koeffitsiyenti yuqori bo‘lgan mamlakatlarda ko‘proq namoyon bo‘ladi. Eksport diversifikatsiyasi ham daromadlarning teng taqsimlanishiga yordam beradi, uning ta’siri past va o‘rta darajadagi tengsizlikka ega bo‘lgan mamlakatlarda ko‘proq namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, AKT indeksining eksport konsentratsiyasi indeksi bilan o‘zaro ta’siri daromadlar tengsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, bu ta’sir taqsimotning yuqori kvantillarida kuchliroqdir. Shunga koʻra, daromadlar tengsizligi yuqori boʻlgan mamlakatlarga iqtisodiyotni raqamlashtirish va eksport diversifikatsiyasini oshirishga alohida eʼtibor qaratish tavsiya etiladi.
Ushbu maqolada 38 OECD mamlakatining rasmiy ma’lumotlari asosida daromad diversifikatsiyasi koeffitsiyenti (RDC) va moliyaviy mustaqillik o‘rtasidagi bog‘liqlik empirik tahlil etildi. RDC ko‘rsatkichlari mamlakatlar bo‘yicha sezilarli farqlanishi, yuqori diversifikatsiyalashgan tizimlar 2008–2012 yillar moliyaviy inqirozini uch baravar kam zarar bilan yengib o‘tganligi isbotlangan. Xalqaro taqqoslama tahlil asosida O‘zbekiston OTMlari uchun RDC monitoringini joriy etish va daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan