Bugungi bozor sharoitida keskin kuchayib borayotgan raqobat va raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi kichik biznes korxonalari faoliyati uchun sezilarli qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Cheklangan moliyaviy resurslar, qo‘lda bajariladigan jarayonlarga yuqori darajadagi qaramlik hamda standartlashtirilgan boshqaruv tizimlarining yetarli emasligi ular uchun asosiy to‘siqlardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, avtomatlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalari kichik biznes subyektlari uchun jarayonlarni optimallashtirish, xatoliklarni kamaytirish va operatsion barqarorlikni oshirish imkonini beradi. Mazkur maqolada kichik biznes korxonalarida avtomatlashtirishni joriy etish jarayonidagi asosiy muammolar va xavflar tahlil qilinadi, shuningdek, minimal xarajat bilan maksimal samaradorlikka erishish imkonini beruvchi dasturiy yechimlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Tadqiqot natijalari kichik bizneslar uchun avtomatlashtirish jarayonini samarali rejalashtirish va boshqarishda metodik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin
Ushbu maqolada sug‘urta obyektlari sifatida, asosan, mol-mulkdan foydalanish va uni tasarruf etish bilan bog‘liq mulkiy manfaatlarga alohida e’tibor qaratilgan. Tashkilotlarda sug‘urta hodisalari xarajatlarini hisobga oluvchi hujjatlar yuridik kuchga ega bo‘lishi asoslangan. Hujjatlashtirish yordamida sug‘urta ishi yuritish jarayonini nazorat qilish va uning samaradorligini oshirishda sug‘urtalash uchun sarf qilingan xarajatlarni miqdoriy, qiymat va sifat jihatidan axborot beruvchi ma’lumotlarning tezkorligini oshirish hamda ishonchliligini ta’minlash asoslangan.
Ushbu maqolada, O‘zbekiston Respublikasida davlat aktivlarini boshqarish samaradorligini baholash maqsadida ko‘p omilli ekonometrik model tuzildi. Modelda natijaviy omil sifatida bajarilgan baholash xizmatlari hajmi (Y), ta’sir etuvchi omillar sifatida esa xususiylashtirilgan davlat aktivlari soni (X1), malaka sertifikatiga ega baholovchilar soni (X2) va nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati (X3) tanlandi. Tavsifiy statistika, korrelyatsiya, VIF va ADF testlari asosida model ishonchliligi tekshirildi. Olingan natijalar baholash xizmatlari hajmiga tanlangan omillarning sezilarli ta’sirini ko‘rsatdi hamda prognozlash imkoniyatini berishi ko‘rib chiqildi.
Ushbu tadqiqotda mintaqalar barqaror rivojlanishida iqtisodiy, moddiy hamda tabiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik bosimni kamaytiradigan innovatsion echimlarni joriy etishga bogʻliq takliflar tadqiq qilingan. Iqtisodiy resurs samaradorligini oshirish chiqindilarni kamaytirishga, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishga va xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi hamda shu bilan birga atrof-muhit va ekologik degradatsiyani kamaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada ilgʻor texnologik va tashkiliy innovatsiyalar qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish, aylanma iqtisodiy jarayonlar va ekologik toza ishlab chiqarish usullari uchun imkoniyatlar boʻyicha yondashuvlar taklif etilgan. Ushbu yondashuvlar mintaqada iqtisodiy oʻsishni va tabiiy ekotizimlarni saqlashni qoʻllab-quvvatlovchi muvozanatli strategiyaning asosini tashkil etishda ustuvorlikni taqdim etadi. Ushbu oʻzaro bogʻliqlikni oʻrganish innovatsiyalar va resurslar samaradorligini oshirish, uzoq muddatli ekologik va iqtisodiy barqarorlikka erishishning asosiy omillari sifatida talqin etilgan
Ushbu maqolada kichik biznes uchun soliq imtiyozlarining samaradorligi tahlil qilingan. Ma’lumotlar asosida imtiyozlarning iqtisodiy va ijtimoiy natijalari o‘rganilib, kichik biznesning YaIMdagi ulushi, davlat byudjeti tushumlaridagi o‘rni, yangi tashkil etilgan korxonalar soni va bandlik darajasi kabi ko‘rsatkichlar asosida baholash amalga oshirilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, soliq yangilliklari qisqa muddatda byudjet tushumlariga bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa-da, uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiy faollikni kuchaytirish, tadbirkorlik muhitini rivojlantirish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash orqali o‘zini to‘liq oqlagan. Maqola yakunida kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha istiqbolli tavsiyalar berilgan.
Ushbu maqola kasbiy faoliyat va aloqa sohasida terminologik kompetentsiyaning ahamiyatini, kasbiy mahoratning eng muhim ko’rsatkichi va neft va gaz sanoati mutaxassislarining kasbiy muloqot sifatini oshirish omili sifatida terminologik kompetentsiyani o’zlashtirish zarurligini asoslashga bag’ishlangan. Bundan tashqari, maqolada ingliz tilining professional terminologiyasi, xususan, hayvonlar nomlari, neft va gaz sanoatida qo’llaniladigan zoonimlar bilan bog’liq jargon so’zlari tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy adabiy manbalardan ko’plab misollar mavjud.
Ushbu maqolada kichik biznes va tadbirkorlikning Surxondaryo viloyati iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyati haqida so’z yuritilgan. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni, uning rivojlanishi, iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi, hududning tashqi savdo operatsiyalaridagi o’rni va ahamiyati, hududdagi bandlik darajasiga qo’shayotgan hissalari kabi statistik ko’rsatkichlar tahlil qilingan.