Mazkur maqolada xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, moliyalashtirish manbalarini jalb etish hamda boshqaruv qarorlarini samarali qabul qilishda buxgalteriya axborotining miqdor va sifat jihatlari muhim omil ekanligi yoritilgan. Moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini manfaatdor foydalanuvchilar, xususan tijorat banklari, investorlar va kreditorlar nuqtai nazaridan shaffof, aniq, ishonchli va iqtisodiy mazmuniga mos holda taqdim etish bilan bog‘liq mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xususan, moliyaviy tahlil jarayonida ayrim balans moddalari iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqib qayta tasniflanishi orqali buxgalteriya axborotining miqdoriy va sifat tavsiflari uyg‘unligini ta’minlash, natijada korxonaning to‘lovga qobiliyatliligi hamda moliyaviy barqarorligini haqqoniy baholashga xizmat qiluvchi yondashuvlar asoslab berilgan
Ushbu maqolada xo‘jalik yurituvchi subyektlarda joriy aktivlar hisobini yuritish jarayonida xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS) talablarini joriy etish bo‘yicha mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda takomillashtirish yo‘nalishlari o‘rganilgan. Amaldagi me’yoriy tartibotlar, hisob siyosati, baholash usullari va xalqaro standartlar talablari solishtirildi. Tadqiqot natijasida joriy aktivlar hisobi shaffofligini oshirish, baholashning aniq va ishonchli usullaridan foydalanish hamda moliyaviy natijalarning haqqoniy aks ettirilishini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi
Мазкур мақолада материал ресурслар билан таъминланганлик таҳлили ва унинг асосий йўналишлари талқин этилган. Шунингдек, илмий манбаларда материал ресурслар билан таъминланганлик таҳлили бўйича ёндошувлар келтирилган. Тадқиқот натижасида материал ресурслар билан таъминланганликни таҳлил қилиш бўйича муаллиф методикаси келтирилган, ундан самарали фойдаланиш ҳамда унинг сарфини камайтириш йўллари баён этилган. Моддий ресурслар таъминотини таҳлил қилишда эътиборга олиниши мақсадга мувофиқ бўлган жиҳатлар айтиб ўтилган. Шунингдек, маҳсулот ҳажмига материал ресурслар ҳажми ва улар қайтимининг таъсири омилли таҳлил ёрдамида ҳисоб-китоб қилинган.
Мақолада Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 24 февралдаги 4611-сонли “Молиявий ҳисоботнинг халқаро стандартларига ўтиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида” қарори ижросини таъминлашга қаратилган корхоналарнинг иқтисодий фаолиятида муҳим аҳамиятга эга бўлган маблағлардан бири, товар-моддий захирларни молиявий ҳисоботнинг халқаро стандартлари талаблари асосида ҳисобини ташкил этиш масалалари кенг ёритиб берилган. Хусусан, амалдаги 4-сон БҲМС “Товар-модий захиралар” номли миллий стандарт қоидаларини методологик жиҳатдан халқаро стандартларга уйғунлаштириш мақсадида илмий таклиф ва амалий тавсилар шакллантирилган.
Ushbu mаqоlа оziq-оvqаt xаvsizligini tа’minlаshning ilmiy-nаzаriy аsоslаri hаqidа аtrоflichа tushunchа berаdi. Glоbаllаshuv shаrоitidа оziq-оvqаt sоhаsidа xаvfsizlikni tа’minlаsh аhоli fаrоvоnligi hаmdа iqtisоdiy tаrаqqiyоtning muhim unsurlаridаn biri hisоblаnаdi. Mаqоlаdа аhоlini оziq-оvqаt bilаn tа’minlаsh muаmmоlаrini tizimli о‘rgаnishning ilk dаvridаn bоshlаb, hоzirgi zаmоn оlimlаri tоmоnidаn ilgаri surilаyоtgаn nаzаriyаlаr tаlqini hаmdа xоrijiy dаvlаtlаrning mаzkur sоhаdаgi tаjribаlаri chuqur tаhlil qilinаdi. Shu bilаn birgа, оziq-оvqаt xаvfsizligigа turli tаhdidlаr hаmdа ulаrning mаmlаkаtimizgа ijtimоiy-iqtisоdiy jihаtdаn tа’siri muhоkаmа qilinаdi.