Mazkur maqolada turizm turlarini diversifikatsiyalashni boshqarishning nazariy va metodologik asoslari kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqotda diversifikatsiya tushunchasining iqtisodiy mazmuni, uning turizm tizimidagi o‘rni va strategik ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Turizmni tizimli, strategik va barqaror rivojlanish tamoyillari asosida boshqarish zarurati ko‘rsatilgan. Tadqiqot davomida turizm turlarini diversifikatsiyalashni boshqarishning konseptual modeli taklif etilgan bo‘lib, u resurs salohiyatini baholash, bozor segmentatsiyasi, turizm mahsuloti portfelini shakllantirish, institutsional mexanizmlarni takomillashtirish va monitoring tizimini joriy etish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, diversifikatsiyaning iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, mavsumiylikni kamaytirish, hududiy rivojlanishni rag‘batlantirish va qo‘shimcha qiymat yaratish, turizm sohasida strategik qarorlar qabul qilish, sohani raqobatbardosh va barqaror rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tavlif va tavsiyalar ishlab chiqilgan
Ushbu maqolada mamlakatimizda turizm sohasida yangi yo‘nalishlarni tashkil etishda xorij tajribasi o‘rganilgan va turizm sohasini rivojlantirish borasida taklif va tavsiyalar keltirilgan.
Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekistonda ekologik turizm turlarining nazariy-metodologik jihatlari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston ekoturizmining tashkiliy shakllari tasnifi tuzildi, O‘zbekistonda ekologik turizmning ommabop turlari salohiyatini rivojlantirish istiqbollari ta’kidlangan. O‘zbekiston еkologik turizm klasterining to‘rtta shakli umumlashtirilgan: ekoturizmning ilmiy turlari, ekoturizmning kognitiv-ta’limiy turi, rekreatsion ekoturizm, ekoturizmning sarguzashtli-ekstremal turi.