Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekiston iqtisodiyoti modernizatsiyalashuvi sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar, xususan, korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash va ularning to‘lov qobiliyatini oshirishda soliq qarzlarini optimallashtirish hamda qisqartirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida korxonalarda soliq qarzlarining vujudga kelishining ichki va tashqi omillari, soliq majburiyatlarining o‘z vaqtida bajarilmasligining korxona likvidligiga salbiy ta’siri hamda soliq ma’muriyatchiligini transformatsiya qilish orqali soliq qarzdorligini kamaytirish yo‘llari atroflicha tahlil qilingan. Maqolada soliq qarzlarini majburiy undirish va uning huquqiy-iqtisodiy oqibatlari, xususan, undiruvni sudgacha va sud tartibida amalga oshirish samaradorligi muhokama qilinadi. Milliy soliq tizimidagi so‘nggi islohotlar va amaldagi Soliq kodeksi normalarining korxonalar barqarorligiga ta’siri konseptual jihatdan baholangan. Shuningdek, xalqaro ilg‘or tajribalarni O‘zbekiston iqtisodiy realligiga moslashtirish, soliq intizomini oshirishda rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish hamda inkasso va ijro hujjatlari bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan
Бухгалтерия ҳисоби субъектлари амалиётида асосий воситаларга амортизация ҳисоблаш ва ҳисобга олиш, дастлабки тан олишда ва ундан кейинги қайта баҳолаш, ҳаққоний қийматини аниқлаш, қадрсизланишини текшириш ҳамда уларга доир ахборотларни молиявий ҳисоботда тўғри ва ишончли акс эттириш масалаларига оид муаммолар кўзга ташланмоқда. Ушбу мақолада, биз асосий воситаларнинг амортизацияси ҳисобининг амалдаги ҳолати ва уни такомиллаштириш масаласига батафсил тўхталиб, уларни такомиллаштириш бўйича таклиф ва тавсиялар бериб ўтдик