Mazkur maqolada tijorat banklari faoliyati barqarorligini mustahkamlashda reyting tizimi asosida baholashning nazariy va amaliy asoslari keng yoritilgan. Bank nazoratining xalqaro tajribalari, reyting baholash usullari hamda CAMELS tizimi asosida baholash yondashuvlari tahlil qilinadi. Reyting tizimlarida foydalanilayotgan baholash mezonlari, shkalalar va metodik yondashuvlar, xususan raqamli va alifbo asosidagi reyting ifodalari batafsil ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, kompleks va ekspert baholash uslublarining afzalliklari, cheklovlari, ulardan foydalanish shart-sharoitlari hamda baholash modelining mezon tanlashdagi muhim jihatlari asoslanadi. Maqolada reyting tizimining samaradorligini oshirish uchun sifatli axborotlarni to‘plash, matematik-statistik modellarni qo‘llash va baholash parametrlarini to‘g‘ri tanlash zarurligi ta’kidlanadi. Banklarning moliyaviy holatini obyektiv baholash orqali ularning ishonchliligi va barqarorligini oshirishda reyting tizimi muhim vosita sifatida e’tirof etiladi.
Mazkur maqola jahon mamlakatlari yashil iqtisodiyotini rivojlantirishda fiskal siyosat vositalari ahamiyatini aks ettirishga bag’ishlangan. Mamlakatlar yashil moliyalalashtirish tizimida fiskal vosita turlari bo’yicha tahlillar amalga oshirilgan hamda ularning barqaror rivojlanishda ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan. O’tgan davr mobaynidagi rivojlanish istiqbollari o’rganilgan holda sharhlar berilgan va shakllangan trendlari bo’yicha xulosalar keltirilgan. Tahlillar natijasida O’zbekiston iqtisodiyoti uchun taklif va xulosalar shakllantirilgan.