Maqolada telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishda investitsiyalarni moliyalashtirishning zamonaviy yondashuvlari nazariy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotda raqamli iqtisodiyot sharoitida telekommunikatsiya infratuzilmasining strategik ahamiyati ortib borayotgani, mazkur sohadagi investitsiya loyihalarining yuqori kapital sigʻimi, uzoq qaytarim davri va moliyalashtirish tuzilmasini shakllantirishdagi murakkabliklar ilmiy asoslangan
Ushbu maqolada O‘zbekistonda aholini innovatsion ish bilan bandligiga ko‘maklashish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ilmiy-tahliliy jihatdan o‘rganilgan. Tadqiqot davomida texnopark ekotizimlari, raqamli ish o‘rinlari, start-up qo‘llab-quvvatlash dasturlari va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari kompleks tahlil qilingan. Xalqaro tajriba (Janubiy Koreya, Finlandiya, Qozog‘iston) bilan qiyosiy o‘rganish o‘tkazilgan. Uch ta murakkab jadval asosida empirik tahlil amalga oshirilgan va tizimli tavsiyalar ishlab chiqilgan
Ushbu maqolada raqamli turizm platformalarining hududiy turizm infratuzilmasini rivojlantirishdagi roli va xorijiy davlatlarning bu boradagi ilg'or tajribasi o‘rganilgan. Tadqiqotda Osiyo mamlakatlaridan Xitoy, Yevropadan Italiya misolida raqamli turizm platformalarini joriy etishning samarali modellari tahlil qilingan. Qiyosiy tahlil asosida O‘zbekistonning turizm infratuzilmasidagi mavjud muammolar aniqlangan va raqamli platformalarni milliy sharoitga moslashtirib qo‘llashning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab berilgan
Maqolada raqamli to‘lov tizimida bank va mobil aloqa operatorlari (MNO) o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy kombinatsion modellari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. MNO-yetakchi, bank-yetakchi, qo‘shma korxona va platforma ekotizimi modellari mukammal o‘rganiladi. O‘zbekiston misolida Beeline, Ucell, Uzmobile, Mobiuz kabi aloqa operatorlari va Uzum Bank, Payme, Click kabi fintech platformalarining hamkorlik tajribasi yoritiladi. Tadqiqot mamlakatda bank-MNO hamkorligi samaradorligini oshirish va raqamli moliyaviy inklyuzivlikni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar bilan yakunlanadi
Mazkur maqolada salam va istisno’ shartnomalarining qiyosiy tahlili amalga oshirilgan. Jumladan, qiyosiy tahlilda shartnomalarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning amaliyotda qo‘llanilishi va iqtisodiy jihatlari o‘rganilgan. Shuningdek, mushoraka-istisno’-ijaraga asoslangan davlat xususiy-sheriklik (DXSh) infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish tuzilmasi va bosqichlari haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.
Maqolada O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy imkoniyatlari tarixiy-madaniy meros, hududiy destinatsiyalar, xizmatlar sifati, halal turizm talablari, raqamli targ‘ibot, xalqaro brending va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari bilan uzviy bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Tadqiqotda rasmiy statistik byulletenlar asosida 2021 – 2025-yillarda kiruvchi turistlar oqimi dinamikasi hamda 2024-yilda yirik ziyorat markazlarida kiruvchi tashrif buyuruvchilarni joylashtirish ko‘rsatkichlari baholandi. Shuningdek, 2026-yilda tasdiqlangan “Umra plyus” dasturi doirasidagi subsidiya tartibi ziyorat turizmini eksportbop xizmatlar segmentiga aylantirishga xizmat qiluvchi amaliy iqtisodiy rag‘bat sifatida talqin etildi. Natijalar asosida ziyorat marshrutlarini hududlararo bog‘lash, halal servis standartlarini kengaytirish, raqamli platforma yaratish va monitoring indikatorlarini joriy etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.