• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
  • Joriy nashr
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
TIJORAT BANKLARIDA DEPOZIT BAZANING BARQARORLIGI ORQALI KREDITLARNING SAMARADORLIGINI TA’MINLASH YO‘LLARI
Otabek Melikov

Ushbu maqolada tijorat banklarining depozit va kreditlari YIM ga nisbatan tendensiyasi va maqsadli ko‘rsatkichlar bo‘yicha amaldagi holati tahlil qilingan. Tijorat banklari balansidagi depozit va kredit ko‘rsatkichlari statistik va qiyosiy tahlil qilinib, ularning mutanosibligini ta’minlash orqali bank riskini minimallashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar hamda amaliy tavsiyalar shakllantirilgan.

03/28/2025
  • PDF
138-144 179 123
TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA ISLOMIY BANK XIZMATLARINI JORIY ETISH MASALALARI
Dilnoza Ergasheva

Ushbu maqolada Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhiga a’zo-mamlakatlar va tijorat banklari faoliyatida islomiy bank xizmatlarini rivojlantirishda mavjud muammolar tahlili hamda rivojlantirish istiqbollarini takomillashtirish haqida so‘z boradi. Shuningdek, maqolada islomiy bank xizmatlaridan O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyatida foydalanishni rivojlantirishda mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha muallif yondashuvlari va takliflari keltirilgan.

02/27/2025
  • PDF
24-28 161 125
OʻZBEKISTON TIJORAT BANKLARI SAMARADORLIGINI ROA KOʻRSATKICHI ORQALI BAHOLASH
Sherzod Xannayev

Ushbu maqola Oʻzbekiston tijorat banklari samaradorligini aniqlashda aktivlar rentabelligi (ROA) koʻrsatkichini tahlil qilishga bagʻishlangan. Banklar samaradorligi moliyaviy tizim barqarorligi va iqtisodiy oʻsish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda 1999-2023 yillarda mamlakat tijorat banklari faoliyati statistik maʼlumotlar asosida tahlil qilinib, banklarning mulkchilik shakliga qarab samaradorlik darajalari farqlari oʻrganildi. Davlat banklarining ROA koʻrsatkichi xususiy va xorijiy banklarga nisbatan past boʻlishi aniqlangan boʻlsa-da, xususiy banklar eng yuqori darajadagi samaradorlikni namoyish etgan. Bundan tashqari, bank faoliyatidagi beqarorlik va pandemiya taʼsiri samaradorlikka salbiy taʼsir koʻrsatgani qayd etilgan. Tadqiqot natijalari tijorat banklari faoliyatini yaxshilash va resurslardan samarali foydalanish boʻyicha amaliy tavsiyalarni ilgari suradi.

12/27/2024
  • PDF
218-226 211 100
OʻZBEKISTON TIJORAT BANKLARI FOYDA SAMARADORLIGI TAHLILI
Sherzod Xannayev

Ushbu maqolada O‘zbekiston tijorat banklarining foyda samaradorligi Stoxastik Chegara Tahlili (SFA) usuli asosida baholanadi. Tahlil 1999-2023 yillar oralig‘ida O‘zbekistonda faoliyat yuritgan tijorat banklari ma’lumotlariga asoslangan. Tadqiqot natijalari tijorat banklarining foyda samaradorligi yillar davomida ortib borganini, lekin global moliyaviy inqiroz va pandemiya davrida pasayganini ko‘rsatdi. Mulkchilik shakliga qarab, davlat banklari o‘rtacha eng yuqori foyda samaradorligiga ega bo‘lgan, xorijiy banklar esa yuqori tebranuvchanlikka ega bo‘lishiga qaramay, ba’zi yillarda eng yuqori natijalarga erishgan. Xususiy banklar va aksiyadorlik tijorat banklarining foyda samaradorligi o‘zgaruvchan bo‘lib, bozor sharoitlariga bog‘liq holda keskin tebrangan.

03/28/2025
  • PDF
224-231 267 138
TIJORAT BANKLARI DAROMADLARI DIVERSIFIKATSIYASINING RENTABELLIK VA MOLIYAVIY BARQARORLIKKA TA’SIRI
Komron Ahmedov

Maqolada tijorat banklari daromadlari diversifikatsiyasining rentabellik va moliyaviy barqarorlikka ta’siri o‘rganilgan. Daromad manbalarini baholash uchun foizsiz va komissiya daromadlari ulushi, raqamli xizmatlar daromadi, daromadlar konsentratsiyasi, riskka moslashtirilgan daromadlilik hamda barqarorlik koeffitsientini birlashtiruvchi tijorat banklari daromad manbalarini diversifikatsiya qilish indeksi (TBDMI) taklif etilgan. Banklar rentabelligi ROA, ROE va sof foiz marjasi, moliyaviy barqarorligi esa muammoli kreditlar, kapital yetarliligi va likvidlilik ko‘rsatkichlari orqali baholangan. Natijalar komissiya, raqamli xizmatlar, ekvayring, korporativ xizmatlar va savdoni moliyalashtirish kabi barqaror foizsiz daromad manbalarini kengaytirish zarurligini asoslaydi.

07/31/2026
  • PDF
22-33 20 13
TIJORAT BANKLARIDA MOLIYAVIY XIZMATLAR SIFATINI OSHIRISH VA BARQAROR RIVOJLANISH STRATEGIYALARI
Behzod Roziqov

Ushbu maqolada tijorat banklarida ularning raqobatbardoshligi, samaradorligi va qiymat taklifini oshirish maqsadida moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish strategiyalari koʻrib chiqiladi. Global texnologik rivojlanish va mijozlarning xohish-istaklarining oʻzgarishi bilan ajralib turadigan davrda tijorat banklari oʻzgaruvchan bozor talablariga javob berish uchun innovatsiyalar va moslashish zarurligiga duch kelishmoqda. Maqolada barqaror oʻsishga erishish va mijozlar ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish uchun banklarning asosiy strategiyalari aniqlangan. Ushbu strategiyalar orasida raqamli transformatsiya, mahsulot takliflarini kengaytirish, mijozlar tajribasini yaxshilash, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, risklarni boshqarish tizimini mustahkamlash, inson kapitalini oshirishga investitsiyalar va barqaror moliyalashtirish amaliyoti mavjud. Ushbu strategiyalarni amalga oshirish tijorat banklariga moliyaviy xizmatlar sohasida yetakchi oʻrinlarni egallashga, biznesning oʻsishini ragʻbatlantirishga va kengroq maqsadlarda iqtisodiy farovonlik va ijtimoiy farovonlikka erishishga yordam beradi.

04/30/2024
  • PDF
218-223 253 168
MAMLAKATIMIZ TIJORAT BANKLARI AKTIVLARI SAMARADORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Musurmon Xolmuradov

Tijorat banklari aktivlar portfellarining sifatini taʼminlash ularning moliyaviy barqarorligi va likvidiligini taʼminlashning zarurligi hozirgi kundagi dolzarb masalalardan biri boʻlib hisoblanadi. Ushbu ilmiy maqolada tijorat banklari aktivlarini samaradorligini oshirish yoʻllari boʻyicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga harakat qilindi.

08/30/2024
  • PDF
178-184 164 125
TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA XALQARO TRANSFORMATSIYALASHUV JARAYONLARINING IQTISODIY VA TEXNOLOGIK MUHITIDAGI STRATEGIK TENDENSIYALARI
Abbos Bekmurodov

Maqolada tijorat banklari faoliyatiga xalqaro transformatsiyalashuv jarayonlarini joriy etishga qaratilgan ilmiy-nazariy yondashuvlar tahlili keltirilgan, tijorat banklari faoliyatida xalqaro transformatsiyalashuv jarayonlarining iqtisodiy va texnologik muhitidagi strategik tendensiyalari yoritib berilgan. Ilmiy tadqiqotlar asosida bank xizmati ko‘rsatishni oxir-oqibat mijozning bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga va bank tomonidan ular uchun haq olishga yo‘naltirilgan operatsiya va bitimlar sifatida xalqaro jarayonlarga monand ravishda transformatsiyalashuvini ta’minlash, raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan

09/30/2024
  • PDF
51-56 195 107
TIJORAT BANKLARINING BARQARORLIGINI TA’MINLOVCHI AKTIVLARGA TA’SIR QILUVCHI OMILLARNING EKONOMETRIK TAHLILI
Nabijon Xolov

Mazkur ishda tijorat banklarining barqarorligini ta’minlovchi aktivlar tarkibi va ularga ta’sir qiluvchi omillar ekonometriya usullari yordamida tahlil qilingan. Tadqiqotda banklarning aktiv sifati, likvidlik ko‘rsatkichlari, kredit portfeli tuzilishi hamda tashqi iqtisodiy omillar kabi omillarni o‘rganish asosiy maqsad qilib olingan. Ekonometriya usullari orqali olingan natijalar tijorat banklari barqarorligini oshirishda muhim qarorlarni qabul qilishda yordam beradi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, u bank faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan strategiyalarni shakllantirishda metodik asos vazifasini bajaradi.

01/31/2025
  • PDF
216-224 170 115
TIJORAT BANKLARINING XALQARO TRANSFORMATSIYALASHUV JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA BANK EKOTIZIMINI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARB YO‘NALISHLARI
Abbos Bekmurodov

Ushbu maqolada bank ekotizimi tushunchasi, mamlakatimiz tijorat banklari faoliyatida xalqaro transformatsiyalashuv jarayonlarining zamonaviy modeli sifatida “bank kotizimi”ni yaratish, tijorat banklarining raqamli tarnsformatsiyalashuv jarayonlari yoritib berilgan. Bank ekotizimini tashkil qilish asosida bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarni tubdan o‘zgartirish, bank nufuzini oshirish, iqtisodiy munosabatlarning jadal sur’atlar bilan raqamlashuvi mijozlarga keng turdagi bank va nobank moliyaviy xizmat turlarini taklif qilishni kengaytirish orqali bank sohasining o‘ziga xos moliyaviy “supermarket”ga aylantirishda bank ekotizimining o‘rni keltirilgan. Maqolada zamonaviy raqamli moliyaviy texnologiyalarning keng joriy etilishi bilan tijorat banklari faoliyatida raqobatning kuchayishiga olib kelishga imkon beradigan ilmiy takliflar ilgari surilgan.

08/30/2024
  • PDF (Russian)
18-24 150 93
TIJORAT BANKLARIDA MUAMMOLI KREDITLARNING VUJUDGA KELISH SABABLARI VA O‘ZIGA ХOS ХUSUSIYATLARI
Rahimjon Maxmudov

Ushbu maqolada tijorat banklarida muammoli kreditlarning ko‘p qirrali masalalari o‘rganilgan bo‘lib ularning o‘ziga xos xususiyatlarni tushunishga e’tibor qaratgan holda, moliyaviy institutlarda risklarni boshqarishga doir muhim masalarga qaratilgan. Tadqiqot muammoli kreditlarning paydo bo‘lishiga ta’sir etuvchi omillar, ularning iqtisodiy ko‘rsatkichlari, kredit bozorining sharoitlari, qarz oluvchiga xos xususiyatlarni va tartibga solish ta’sirini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, tadqiqot muammoli kreditlarning kredit hajmi, turi va garovi kabi o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganib chiqilgan va ularni kreditlardan ajratib turadigan holatlarga oydinlik kiritilgan.Shuningdek tijorat banklari uchun kreditlarni to‘lamaslik xavfini kamaytirish uchun samarali strategiyalarni ishlab chiqish uchun muhim yondashuvlaer keltirilgan.

11/30/2023
  • PDF
90-98 375 346
OʻZBEKISTONDA YASHIL MOLIYALASHTIRISH JARAYONIDA TIJORAT BANKLARINING ROLI: INSTITUTSIONAL ASOSLAR, BOZOR DINAMIKASI VA DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR YOʻNALISHLARI
Baxitjan Sarsenbaev , Axmed Kuanishbaev , Balzira Xayirbaeva

Ushbu maqolada iqlim oʻzgarishi bosimining kuchayishi va mamlakatning yashil iqtisodiyotga oʻtishi sharoitida Oʻzbekistonda yashil moliyalashtirishni rivojlantirishda tijorat banklarining roli oʻrganiladi. Tadqiqotning maqsadi yashil kreditlashni cheklab turgan institutsional va bozor toʻsiqlarini aniqlash hamda milliy moliya tizimiga moslashtirilgan amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Metodologik jihatdan maqolada hujjatlar tahlili, statistik tahlil va xalqaro tajribani qiyosiy baholash qoʻllanilgan. Tadqiqotning empirik bazasini milliy siyosiy-huquqiy va statistik materiallar, shuningdek, xalqaro rivojlanish institutlarining tahliliy manbalari tashkil etadi. Maqolada taksonomiyani joriy etish, ESG maʼlumotlarini oshkor qilish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish va yashil ipoteka instrumentlarini kengaytirish boʻyicha siyosiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

05/25/2026
  • PDF
159-165 136 110
“EMBEDDED FINANCE” TEXNOLOGIYALARINI TIJORAT BANKLARI BIZNES MODELIGA INTEGRATSIYA QILISH MEXANIZMLARI
Temurbek Normo'minov

Mazkur maqolada “embedded finance” texnologiyalarini tijorat banklari biznes modeliga integratsiya qilishning tashkiliy, texnologik va iqtisodiy mexanizmlari tahlil qilingan. API, Banking-as-a-Service, platformaviy hamkorlik, daromadlarni diversifikatsiya qilish va uchinchi tomon risklarini boshqarish yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, mazkur texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish modeli taklif etilgan.

07/31/2026
  • PDF
96-103 20 11
KO‘CHMAS MULK BOZORI INVESTSTITIYA OBYEKTI SIFATIDA RISKLAR VA DAROMADLILIK TAHLILI (“KAPITALBANK” ATB MISOLIDA)
Nilufarxon Lukmanova

Ushbu maqolada tijorat banklari tomonidan ko‘chmas mulkka kiritiladigan investitsiyalarning daromadliligi va ular bilan bog‘liq risklar tahlil qilinadi. Bundan tashqari, bank investitsiyalarining moliyaviy barqarorlikka ta’siri o‘rganiladi. ATB “Kapitalbank” faoliyati misolida o‘tkazilgan tadqiqot ko‘chmas mulk investitsiyalarini boshqarish xavfga yo‘naltirilgan yondashuvni talab qilishini ko‘rsatdi va shu tariqa uning amaliyotdagi ahamiyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Tadqiqot natijalarining ahamiyati tijorat banklarining investitsiya strategiyalarini yaxshilash va aktivlar sifatini oshirish uchun amaliy ahamiyatga ega.

03/31/2026
  • PDF
134-139 110 73
TIJORAT BANKLARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA AKTIVLARNI SAMARALI BOSHQARISH YO‘LLARI
Umid Nomozov

Maqola O‘zbekiston tijorat banklarining faoliyati samaradorligini oshirish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, bunda aktivlar rentabelligi (ROA) ko‘rsatkichiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Markaziy bankning ma’lumotlari asosida kredit portfelining o‘sishi va jismoniy shaxslar kreditlari ulushining oshishi tahlil qilingan. Maqolada faoliyat samaradorligini oshirishning asosiy drayverlari sifatida kredit risklarini qat’iy boshqarish, foiz marjasini optimallashtirish, raqamli texnologiyalar orqali operatsion xarajatlarni optimallashtirish va qimmatli qog‘ozlar hisobiga aktivlarni strategik diversifikatsiya qilish zaruriyati asoslangan.

12/29/2025
  • PDF
198-203 175 156
TIJORAT BANKLARIDA MOLIYAVIY RISKLARNI BOSHQARISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH
Komiljon Karimov

Ushbu maqolada tijorat banklarida moliyaviy risklarni boshqarish jarayonlari bo‘yicha nazariy va amaliy jihatlar o‘rganiladi. Xususan, moliyaviy risklarni aniqlash, baholash, nazorat qilish, monitoring va hisobot berishning zamonaviy usullari orqali tahlil qilinib, boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Maqolaning asosiy maqsadi  moliyaviy risklar bilan bog‘liq muammolarga kompleks yondashuvni ishlab chiqish va tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini taʼminlashda ushbu yondashuvni qo‘llash imkoniyatlarini aniqlashdir.

01/30/2026
  • PDF
103-112 161 115
TIJORAT BANKLARI MARKETING STRATEGIYASINING NAZARIYASI VA ASOSIY YO'NALISHLARI
Nigora Tadjibaeva

Mazkur maqolada zamonaviy sharoitlarda tijorat banklarining innovatsion marketing strategiyasining zaruriyati, asosiy yshnalishlari, amalga oshirish mexanizmlari tahliliga asoslanib uning samaradorligini oshirish yo‘llari ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, mazkur yo‘nalishdagi xorijiy va milliy tadqiqotchilarning xulosalari va tijorat banklarining mizojlarni jalb yutish yo‘nalishidagi strategiyasi o‘rganilgan.

01/31/2024
  • PDF (Russian)
499-506 273 155
QATAR DAVLATIDAGI ISLOM MOLIYA MUASSASALARI VA ULARDA MOLIYAVIY HISOB STANDARTLARINING QO‘LLANILISHI
Uktam Jiyanov, Laziza Qudratova

Mazkur maqolada Qatar iqtisodiyotida islom moliyasining o‘rni, Qatarda joylashgan islom moliya muassasalari, jumladan, islom banklari, islom sug‘urta kompaniyalari va ularda amal qilinuvchi moliyaviy hisob standartlari haqida so‘z boradi. Qatarda qo‘llanilgan moliyaviy hisob standartlarining qonuniy asoslari yoritiladi. Qatar qonunchiligidagi tijorat tashkilotlari va islom moliya muassasalariga nisbatan moliyaviy hisobni qo‘llash qoidalari ko‘rib chiqiladi va mamlakatda qanday qilib ikki xil moliyaviy hisob standartlaridan foydalanilganligi ochib beriladi.

11/29/2024
  • PDF
165-171 248 94
TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA RAQAMLI AKTIVLAR MUOMALASINI RIVOJLANTIRISH
Fazilat Karimova

Ushbu maqolada raqamli aktivlarni shakllanish omillari, raqamli aktivlarni muomalasini takomillashtirish natijasida banklar faoliyatini rivojlantirish asoslari, tijorat banklarida raqamli aktivlarni boshqarish bo‘yicha xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari, ma’lumotlarning solishtirma tahlillari olib borildi.

08/30/2024
  • PDF
49-55 225 160
MINTAQAVIY MIQYOSDA BANKLARNING KAPITALLASHUV DARAJASINI OSHIRISH YO`LLARI
Matluba Mirzayeva

Ushbu maqolada tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlashning dolzarb masalalari keltirilgan. Bundan tashqari respublikamiz tijorat banklarining kapitali miqdori va dinamikasi, ustav kapitalining o`z mablag`laridagi ulushi hamda ularning kapitallashuv darajasini tavsiflovchi ko`rsatkichlar holati tahlil qilingan va xulosalar berilgan.

09/07/2023
  • PDF
34-37 205 165
TIJORAT BANKLARIDA KREDIT YO‘QOTISHLARI VA BOZOR VOLATILLIGINI PROGNOZLASHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH
Barno Kadirova

Maqolada tijorat banklarida kredit yo‘qotishlari va bozor volatilligini prognozlashda sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Defolt ehtimoli, kutilayotgan kredit yo‘qotishlari va moliya bozorlari dinamikasini baholashda qo‘llaniladigan an’anaviy statistik usullar hamda mashinaviy o‘qitish algoritmlari tahlil qilingan. Ekonometrik modellarni intellektual algoritmlar bilan birlashtiruvchi gibrid yondashuvdan foydalanish maqsadga muvofiqligi asoslangan. Ma’lumotlar sifati, natijalarning izohlanishi va model riski bilan bog‘liq asosiy cheklovlar aniqlangan.

07/31/2026
  • PDF (Russian)
226-233 17 9
TIJORAT BANKLARIDA YASHIL MOLIYA INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH VA INNOVATSION MAHSULOTLAR YARATISH
Ulugʻbek Mahmudov

Ushbu maqolada tijorat banklarida yashil moliya mahsulotlarini rivojlantirish va innovatsion mahsulotlar yaratish istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yashil kreditlar, ESG investitsiyalari va yashil obligatsiyalar banklar faoliyatida ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim vosita hisoblanadi. Shuningdek, banklarda ekologik risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish, davlat va xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik, yosh xodimlar va innovatsion g‘oyalarni jalb qilish ham muhim strategik yo‘nalishlar sifatida aniqlangan.

11/28/2025
  • PDF
136-141 167 100
TIJORAT BANKLARIDA MUAMMOLI KREDITLAR YUZAGA KELISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNING NAZARIY ASOSLARI
Go‘zal Salixova

Mazkur maqolada tijorat banklarida muammoli kreditlarning yuzaga kelish omillari hamda ularning bank aktivlari sifatiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqot davomida muammoli kreditlarning shakllanishiga olib keluvchi mikro va makro omillar tizimli ravishda tahlil qilindi. Shuningdek, muammoli kreditlarni samarali boshqarish va ularning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan strategiyalar ko‘rib chiqildi. Maqolada ta’kidlanishicha, muammoli kreditlarning o‘sishi banklarning moliyaviy barqarorligi va rentabelligiga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, ularni boshqarishda maxsus bo‘linmalar faoliyati, qarz oluvchilar moliyaviy holatini baholash va qayta restrukturizatsiya kabi usullar muhim ahamiyat kasb etadi.

10/31/2025
  • PDF
184-189 171 125
ISLOM TIJORAT BANKLARINING RISKLARI
Oybek Voxidov

Ushbu maqola islom tijorat banklarining risklarini  tahlil qilish va ularni minimallashtirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi. Kredit, operatsion, regulyatorlik, texnologik va likvidlik kabi asosiy risklar tahlil qilinadi. Nazorat qoidalarining o‘zgarishlari, raqamlashtirish va yangi texnologiyalarni joriy etishning islom banklarida risklarni boshqarish samaradorligiga ta'siri alohida ko‘rib chiqiladi. Maqolada risklarni boshqarish tizimini yaxshilash, yangi moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqish va xodimlarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan strategiyalar taklif etiladi.

07/31/2025
  • PDF (Russian)
160-168 233 115
OʻZBEKISTON BANK SEKTORIDA MUAMMOLI KREDITLAR: DAVLAT VA NODAVLAT BANKLAR FAOLIYATINING QIYOSIY TAHLILI
Jonibek Rustamov

Ushbu tadqiqotda 2020-2025 yillar oralig‘idagi yillik va choraklik ma’lumotlardan foydalanib O‘zbekiston bank sektoridagi davlat va nodavlat banklarda muammoli kreditlarning dinamikasi tahlil qilingan. Tijorat banklari tomonidan ajratilgan jami kreditlar va muammoli kreditlar o‘rtasidagi bog‘liqlik banklarning mulkchilik shakliga ko‘ra alohida o‘rganildi. Olingan natijalar davlat ulushiga ega banklarda risklarni boshqarish samaradorligi pastligi va ular ko‘proq riskga moyilligini ko‘rsatdi.

05/25/2026
  • PDF (English)
311-317 134 52
1 - 25 from 38 1 2 > >> 

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 









 

               

 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer