Maqolada savdo korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari tizimi ishlab chiqildi. Tadqiqot jarayonida tushumlar, chakana tovar aylanmasi tushunchalariga taʼriflar ishlab chiqildi.Savdo korxonasi chakana tovar aylanmasi koʻrsatkichlari tahlil qilindii va unga ta’sir qiluvchi omillar o’rganildi. Savdo korxonalarida sotilgan tovarlar tannarxini aniqlash tartibi, “Muomala xarajatlari” iqtisodiy kategoriyasiga iqtisodchi olimlarning bergan ta'riflari o’rganilib takomillashtirish bo’yich takliflar berildi. Savdo korxonalarida tovarlar xaridi bilan bogʻliq muomala xarajatlari, savdo korxonalarida sotish xarajatlari, savdo korxonasining sotish xarajatlari va uning darajasini tahlil qilish uslubiyotini takomillashtirish bo’yicha takliflar berildi.
Transport tizimi milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim omillardan biri hisoblanadi. Bu maqolada transport tizimi ommaviy tovar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, zamonaviy transport tomonidan ta’minlangan uzoq (deyarli cheksiz) masofalarga katta hajmdagi tovarlarni muntazam ravishda har qanday ob-havo sharoitida tez va xavfsiz yetkazib berish orqali savdo, sanoat o‘sishi, bandlik va mintaqaviy rivojlanishga qo‘shadigan hissasi tahlil qilingan. Bundan tashqari maqolada, transport turlarining ustunlik va kamchilik tomonlari hamda ularning tashqi savdo hajmidagi ulushlari tahlili olib borilgan. So‘ngra temir yo‘l transportining eksport salohiyatini oshirishdagi ro‘li aniqlab berilgan hamda temir yo‘l transportini rivojlantirish uchun takliflar ishlab chiqilgan
Ushbu maqolada o‘zini o‘zi tashkil etuvchi savdo tizimida muvozanat holatini boshqarishda investitsiya oqimining ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda investitsiya oqimining iqtisodiy tizimlarga ta’siri, uning turli shakllari hamda savdo tizimining dinamikasiga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, tizimga ta’sir etuvchi uzluksiz va diskret omillar sinflashtirilib, stoxastik differensial tenglama orqali model ishlab chiqilgan. Hamilton–Jakobi–Bellman tenglamasi asosida investitsiya oqimining optimal qiymatini aniqlash metodologiyasi taklif etilgan. Olingan natijalar iqtisodiy tizimlarni prognozlash, resurslarni optimal taqsimlash va bozor strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqolada Respublikamizda turli yoʻnalishlarda joriy etilgan reyting tizimlari tahlil qilingan. Shuningdek, reyting tizimlarining oʻziga xos xususiyatlari aniqlanib, tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo faoliyati bojxona reytingini aniqlashda xususiyatlarni aks ettirish keltirilgan. Reyting tizimini joriy etishda inobatga olinishi lozim boʻlgan tamoyillarga ham toʻxtalib oʻtilgan boʻlib, muhim tamoyillar sanab oʻtilgan. Bundan tashqari, reyting ballarini hisoblashda raqamli texnologiyalarni qoʻllash va boshqa tegishli tashkilotlar bilan integratsiya qilish muhimligiga eʼtibor qaratilgan hamda tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolaning maqsadi balanslangan ko'rsatkichlar tizimini (BSC) ommaviy savdo kompaniyalari faoliyatini o'lchash uchun kompleks tizim sifatida qo'llashni o'rganishdir. Balanslangan ko'rsatkichlar tizimi strategik boshqaruv vositasi bo'lib, moliyaviy va nomoliyaviy ko'rsatkichlarni o'z ichiga olgan holda tashkilot faoliyatining yaxlit ko'rinishini ta'minlaydi. Ushbu tadqiqot ochiq ma'suliyatli kompaniyalar kontekstida BSC tizimining afzalliklari, muammolari va amaliy qo'llanilishini o'rganadi.