• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
  • Joriy nashr
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
O‘ZBEKISTONDA AYOLLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI VA IMKONIYATLARI
Dilnoza To‘laganova

Mazkur tadqiqot O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligining rivojlanish jarayonlari, mavjud institutsional muhit hamda ushbu faoliyatni kengaytirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ayollar tadbirkorligining iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni, ularning mehnat bozoridagi faolligi hamda moliyaviy va institutsional resurslardan foydalanish imkoniyatlari chuqur o‘rganilgan. Xususan, xalqaro tashkilotlar, jumladan Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan “Ayollar, biznes va huquq” indeksi hamda milliy statistik ma’lumotlar asosida mamlakatda ayollar uchun yaratilgan iqtisodiy va huquqiy sharoitlar tahlil qilinadi.

04/30/2026
  • PDF
271-276 95 52
ENERGETIKA TARMOG‘IDA “YASHIL ENERGETIKA”DAN FOYDALANISHNI SWOT TAHLILI ORQALI BAHOLASH
Mash’al Saidov

Mazkur ilmiy maqolada energetika tarmog‘ida “yashil energetika”dan foydalanish imkoniyatlari SWOT tahlil usuli asosida kompleks baholangan. Tadqiqotda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining iqtisodiy, ekologik va institutsional jihatlari tahlil qilinib, sohaning kuchli va zaif tomonlari, tashqi imkoniyatlar hamda ehtimoliy tahdidlari aniqlangan. Tadqiqot natijalari yashil energetikaning energetika tarmog‘ini diversifikatsiya qilish, energiya xavfsizligini mustahkamlash va ekologik barqarorlikni ta’minlashda strategik ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, infratuzilmani modernizatsiya qilish, energiya saqlash texnologiyalarini rivojlantirish va huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

03/31/2026
  • PDF
208-218 105 72
O‘ZBEKISTONDA ZIYORAT TURIZMI INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHDA XUSUSIY INVESTITSIYALARNING ROLI
Anvar Xudoyarov , Oysoat Gulboyeva

Mazkur maqolada O‘zbekistonda ziyorat turizmi infratuzilmasini rivojlantirish jarayonida xususiy investitsiyalarning tutgan o‘rni, ularning iqtisodiy samaradorligi hamda so‘nggi yillardagi islohotlar ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida statistik tahlil, komparativ (xalqaro) taqqoslash, SWOT tahlili va kontent tahlili kabi metodlar qo‘llanib, ziyorat turizmi infratuzilmasi rivojining hozirgi tendensiyalari va investitsion salohiyat baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, xususiy sektor ishtiroki sohani modernizatsiya qilishda, xizmatlar sifatini oshirishda va turistlar oqimini ko‘paytirishda muhim omil bo‘lib bormoqda. Xususan, davlat-xususiy sheriklik  mexanizmlarining kengayishi, raqamlashtirish, klaster yondashuvi va xalqaro hamkorlikning kuchayishi ziyorat turizmining istiqbolli rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

11/28/2025
  • PDF (English)
269-278 180 121
O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA MICE TURIZMINING ROLI
Nargizaxon Ubaydullayeva

Ushbu maqolada MICE (uchrashuv, rag‘batlantirish, konferensiya, koʻrgazma yoki tadbirlar) turizmining rivojlanishi tahlil qilinadi. MICE turizmi jahon turizm industriyasining eng dinamik yoʻnalishlaridan biriga aylanib, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, xalqaro hamkorlik va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga bevosita hissa qoʻshmoqda. Turizm sektori jadal rivojlanayotgan Oʻzbekiston sharoitida inklyuzivlik tamoyillarining MICE turizmiga integratsiyalashuvi ham strategik zarurat, ham innovatsion yondashuvni ifodalaydi. Inklyuzivlik jinsi, yoshi, jismoniy qobiliyati yoki mintaqaviy kelib chiqishidan qatʼi nazar, barcha ijtimoiy guruhlar uchun teng foydalanish va ishtirok etishni taʼminlash sifatida tushuniladi. Bu toʻsiqlarsiz infratuzilmani yaratish, konferensiya va koʻrgazmalar oʻtkazish uchun qulay imkoniyatlar yaratish, surdo-tarjimondan foydalanish, gender tengligi va yoshlarni jalb etishni ragʻbatlantirishni nazarda tutadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra MICE turizmidagi inklyuzivlik nafaqat ishtirokni kengaytiradi va ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlaydi, balki Oʻzbekiston turizm bozorining xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini oshiradi.

11/28/2025
  • PDF (English)
212-217 213 115
BANK XIZMATLARIDA SUNʼIY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI: RISKLAR VA IMKONIYATLAR
Temurbek Normo‘minov

Ushbu maqolada tijorat banklarida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish jarayonlari, ularning operatsion samaradorlikka, kredit risklarini baholash sifatiga va mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Xalqaro tajribalar O‘zbekiston bank tizimi amaliyoti bilan taqqoslab o‘rganildi. Tadqiqot natijalari SI texnologiyalari bank xarajatlarini kamaytirishi, firibgarlikni aniqlash samaradorligini oshirishi, xizmat ko‘rsatish tezligini yaxshilashi bilan birga, ma’lumotlar sifati, algoritmik shaffoflik va kiberxavfsizlik kabi muammolar mavjudligini ko‘rsatdi. Maqolada ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

11/28/2025
  • PDF
163-169 257 0
IFRS S1: BARQARORLIK BILAN BOG‘LIQ AXBOROTLARNING MOLIYAVIY HISOBOTLARDA AKS ETTIRILISHI
Nasiba Imamova

IFRS S1 (International Financial Reporting Standards) barqarorlik bilan bog‘liq moliyaviy axborotlarni oshkor qilish bo‘yicha umumiy talablarni belgilaydi. Ushbu standartning asosiy maqsadi tashkilotlarga barqarorlikka oid risklar  va imkoniyatlar haqida aniq va shaffof axborot taqdim etishga yordam berishdir. IFRS S1, moliyaviy hisobotlar orqali tashkilotlarning barqarorlik bilan bog‘liq risklari va imkoniyatlari haqida muhim axborotni oshkor qilishni ta’minlaydi, bu esa investitsiya qarorlarini qabul qilishda foydalanuvchilarga yordam beradi. IFRS S1 moliyaviy hisobotlarda barqarorlikka oid ma’lumotlarni oshkor qilishni yagona formatda talab qiladi, natijada global moliyaviy hisobotlarning taqqoslanishini va tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi. Bu standart moliyaviy boshqaruvni optimallashtirish va tashkilotlarning uzoq muddatli barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishni maqsad qiladi. Mazkur maqolada korxona barqarorligi bilan bog‘liq moliyaviy axborotlarning moliyaviy hisobotlarda aks ettirilish jarayonlari ko‘rib chiqilgan

04/30/2025
  • PDF
123-128 164 129
QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH
Dilorom Xudaynazarova

Maqolada Markaziy Osiyo mamlakatlarida qishloq turizmini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni ko‘rib chiqiladi. Asosiy e’tibor infratuzilmani raqamlashtirish, onlayn xizmatlarni joriy etish, elektron vizalar, bron qilish tizimlari, raqamli marketing hamda ekologik barqaror texnologiyalarga qaratilgan. Mintaqaning besh davlati (Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston) bo‘yicha taqqoslama tahlil o‘tkazildi, unda raqamli loyihalar soni, e-Visa va vizasiz rejim qamrovi hamda turizmga kiritilgan investitsiyalar miqdori ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari texnologiyalarni joriy etish infratuzilma, kadrlar va moliyalashtirishdagi to‘siqlarni yеngib o‘tishga yordam berishini, shuningdek qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishini ko‘rsatadi.

10/31/2025
  • PDF (Russian)
223-231 133 124
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Doston Gofurov

Ushbu maqola raqamli iqtisodiyot sharoitida O‘zbekiston kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektorining rivojlanish imkoniyatlari, muammolari va istiqbollarini kompleks tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda raqamli transformatsiyaning kichik biznesga ta’sir mexanizmlari, hozirgi holat tahlili, xorijiy tajriba va eng yaxshi amaliyotlar o‘rganilgan. Raqamli iqtisodiyot kichik biznes uchun bozor chegaralarini kengaytirish, operatsion xarajatlarni kamaytirish va yangi biznes modellarini joriy etish kabi ulkan imkoniyatlar yaratmoqda. O‘zbekistonda raqamli transformatsiya jadal sur’atlarda rivojlanayotgan bo‘lsa-da, kichik biznes sektorida raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasi rivojlangan mamlakatlar ko‘rsatkichlaridan orqada qolmoqda. Maqolada kichik biznes raqamlashuvini tezlashtirish uchun raqamli savodxonlik dasturlarini ishlab chiqish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmalarini yaratish, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha takliflar berilgan.

09/29/2025
  • PDF
103-111 252 131
DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK BO‘YICHA XALQARO TAJRIBANI O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI
Durdonaxon Ergasheva

Maqolada O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik (PPP) mexanizmlarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajriba va ularni milliy sharoitga moslashtirish imkoniyatlari chuqur tahlil qilingan. Xususan, Buyuk Britaniya, Turkiya, Xitoy, Kanada, Avstraliya, Singapur, Malayziya, Hindiston, BAA va Janubiy Koreya tajribasi asosida ularning afzalliklari, kamchiliklari, risklarni boshqarish mexanizmlari va institutsional asoslari ko‘rib chiqilgan. Maqola davomida O‘zbekiston sharoitida PPP loyihalarini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar, mavjud imkoniyatlar, moliyaviy va huquqiy asoslar chuqur tahlil qilinib, PESTEL va SWOT tahlillar keltirilgan. Shuningdek, maqolada statistik ma’lumotlar asosida turizm sohasida investitsiya hajmlari, ish o‘rinlari yaratish va xizmatlar sifatini oshirishga PPPning ta’siri yoritilgan. Natijada, davlat, xususiy sektor va xalqaro hamkorlik uchun 10 ta aniq taklif ishlab chiqilgan.

08/29/2025
  • PDF
42-48 289 188
XORAZM VILOYATIDA TURIZM SOHASIGA INVESTITSIYALAR VA MOLIYAVIY RESURSLARNI JALB QILISHDA UCHRAYOTGAN TOʻSIQLAR HAMDA EKOLOGIK YONDASHUVLAR
Shohsanam Shonazarova

Mazkur maqolada Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish uchun investitsiyalar, kredit va moliyaviy resurslarni jalb etish holati tahlil qilinadi. Xususan, moliyalashtirishdagi asosiy muammolar, garov taʼminoti, infratuzilma yetishmovchiligi va huquqiy toʻsiqlar koʻrib chiqiladi. Shuningdek, ekologik jihatlar, barqaror turizm, yashil texnologiyalar va ekoturizm imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratiladi. Deskriptiv, komparativ, ekologik va SWOT tahlillar asosida asosiy muammolar, imkoniyatlar hamda barqaror turizm rivoji uchun strategik takliflar ishlab chiqilgan.

07/31/2025
  • PDF
125-136 289 190
GLOBALIZATSIYA SHAROITIDA JAHON IQTISODIYOTI VA MINTAQAVIY IQTISODIYOTLARNING RAQOBATBARDOSHLIGI OʻRTASIDAGI BOGʻLIQLIK
Feruza Xayitova

Ushbu maqolada globalizatsiya jarayonlarining jahon iqtisodiyotiga taʼsiri va mintaqaviy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik keltirilgan. Jahon bozorida iqtisodiy aloqalarning jadallashuvi, savdo va investitsiyalar oqimining kengayishi mintaqalar oldiga yangi imkoniyatlar bilan birga jiddiy raqobat muhitini ham yuzaga keltirmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyati tahlili, olib borilayotgan keng ishlar koʻlami,  milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi omillari bogʻligi va globallashuvning mintaqaviy raqobatbardoshlikka taʼsiri yoritib berilgan.

05/30/2025
  • PDF
228-235 340 125
O‘ZBEKISTON DAVLAT KORXONALARINI XUSUSIYLASHTIRISH: IPO/SPO MEXANIZMLARI ORQALI IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR
Kyun Sung Tae

Mazkur tadqiqot davlat korxonalarini (SOEs) boshlang‘ich ommaviy takliflar (IPO) va ikkilamchi ommaviy takliflar (SPO) orqali xususiylashtirish masalasini, ayniqsa, O‘zbekistonning rivojlanayotgan kapital bozori doirasida o‘rganadi. Koreya, Xitoy, Hindiston va Turkiya kabi davlatlarning tajribasiga tayanilgan holda, ushbu maqola davlat korxonalarining fond bozoriga chiqarilishi orqali korporativ boshqaruvni takomillashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, oshkoralikni ta’minlash va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Maqolada O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, investorlar bazasining zaifligi, listing infratuzilmasining yetarli emasligi, hamda oshkoralik va korporativ boshqaruvdagi muammolar tahlil qilinadi. Hukumat tomonidan yirik SOE’larning IPO orqali xususiylashtirilishi bo‘yicha jiddiy tashabbuslar kuzatilayotgan bo‘lsa-da, institut sarmoyadorlarning kamligi, underwriterlar faoliyatining zaifligi va aholining fond bozori haqida yetarli bilimga ega emasligi kabi tizimli to‘siqlar mavjud. Tadqiqot bosqichma-bosqich IPO joriy etish, investitsion banklar salohiyatini oshirish, oshkoralik tizimini kuchaytirish va aholining aksiyalarga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflarni ilgari suradi. Ushbu xulosalar O‘zbekistonning davlatga asoslangan iqtisodiyotdan bozor mexanizmlariga asoslangan tizimga o‘tishida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

05/30/2025
  • PDF (English)
181-194 210 192
O‘ZBEKISTONDA ALTERNATIV MOLIYA EKOTIZIMI: INFRATUZILMA VA IMKONIYATLAR ASOSIDA BOSQICHLI RIVOJLANISH MODELI
Ruhiddin Zayniddinov

Mazkur tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston moliya bozoridagi zaruriy infratuzilma va imkoniyatlardan kelib chiqib, mavjud alternativ moliya elementlarini hisobga olgan holda mamlakatda alternativ moliya ekotizimini bosqichma-bosqich rivojlantirish modelini ishlab chiqishga qaratilgan. Ushbu maqsadga erishishda sifat yondashuvidan keng foydalanilgan. Natijada, mamlakatda alternativ moliya ekotizimini rivojlantirishda institutsional asoslarni ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash siyosati va islom moliyasi bo‘yicha xabardorlikni oshirish, islom kapital bozori instrumentlarini tatbiq etish, rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yo‘nalish va amalga oshirish bosqichlari ishlab chiqilgan.

10/31/2025
  • PDF
245-258 212 119
26 - 38 from 38 << < 1 2 

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 









 

               

 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer