Maqolada, kapital bozori, korporatsiyalarda korporativ boshqaruvni rivojlantirish, ularning faoliyatini takomillashtirish va yangi zamonaviy loyihalarda ishtirokini oshirish hamda korporativ boshqaruv orqali iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun takliflar berilgan.
Ushbu maqolada aksiyadorlik jamiyatlarini transformatsiya qilish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo'nalishlari tahlil qilinadi. Iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlari bank aktivlari, aholi depozitlari va kredit investitsiyalarining o'sishi bilan bog'liqligi ko’rsatib berilgan.
Davlat kompaniyalari tomonidan IPO o‘tkazish jarayonida faoliyat shaffofligi muhim rol o'ynaydi, chunki u investorlarning ishonchini ta'minlaydi va kapital oqimini rag'batlantiradi. Ushbu tadqiqot ishi IPO orqali davlat aktivlarini xususiylashtirish sharoitida shaffoflikning ahamiyatini tahlil qilishga qaratilgan. Investorlar uchun risklarni minimallashtirish va investitsiya samaradorligini oshirishda shaffoflikning roliga alohida urg‘u berilgan bo‘lib, tadqiqotda adabiyotlar va amaliy holatlar tahlili asosida davlat kompaniyalari IPOlarining shaffoflik darajasi va muvaffaqiyati o‘rtasidagi bog‘liqlik ochib berilgan, shuningdek, xususiylashtirish jarayonida shaffoflikni ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari davlat idoralari uchun ham, moliya bozori ishtirokchilari uchun ham foydali bo‘lib, IPO jarayoni sifatini yaxshilashga va investitsiya muhitiga ishonchni oshirishga yordam beradi.
O‘zbekiston mehmonxona sohasi tez sur’atlar bilan kengayib bormoqda, ayniqsa, Toshkent, Samarqand va Buxoroda mehmonxonalar soni sezilarli darajada oshdi. Mamlakatning barqaror rivojlanish sa’y-harakatlari doirasida Atrof-muhit, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillari tartibga soluvchi hujjatlar va biznes amaliyotlariga integratsiya qilinmoqda. Ushbu maqola O‘zbekiston mehmonxona sohasida ESGni joriy etishning hozirgi holati, milliy siyosatning ta’siri va ESG strategiyalarini amalga oshirishning afzalliklarini o‘rganadi. Adabiyotlar sharhida global ilg‘or tajribalar va ESG talablariga rioya qilishning moliyaviy ustunliklari ko‘rsatilgan. Tadqiqot ESGni joriy etish muammolarini tahlil qiladi va O‘zbekiston mehmonxona sohasida barqarorlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalarni taqdim etadi.
Ilmiy maqolada axborot tizimini joriy etish jarayonlarida yuzaga keladigan ba’zi muammolar, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning ”O‘zbekenergo” DAKga qo‘llash texnologiyasi, AKTning an’anaviy tuzilishi, raqamli iqtisodiyotning shakllanishi, istiqboldagi AKT bo‘limlarining tarkibiy tuzilishi hamda korporativ axborot tizimlarining joriy etilishi va ishlashi, ushbu tizimlarni tashkil etishdagi bir qator kamchiliklar, raqamlashtirish dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun shu sohadagi butun jahon hamjamiyati tamoyillari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Ushbu tadqiqot yashil mahsulotlar samaradorligini baholash va monitoring qilishning nazariy, tarixiy va amaliy jihatlarini har tomonlama tahlil qiladi. Maqolada ekologik samaradorlikni baholashning 1970-yillardagi dastlabki me’yoriy muvofiqlik bosqichidan boshlab, to bugungi kundagi iqlim stress-testlari va ta’sirni o’lchash tizimlarigacha bo’lgan evolyutsion bosqichlari tizimli ravishda ko’rib chiqilgan. Tadqiqot davomida ESG (Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) doirasi, TCFD (Iqlim o'zgarishi bilan bog'liq moliyaviy ma'lumotlarni oshkor qilish bo'yicha ishchi guruh) standartlari hamda prudensial nazorat mexanizmlarining moliyaviy barqarorlikdagi o'rni chuqur yoritilgan. Shuningdek, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar, xususan, O'zbekiston moliya bozoridagi tafovutlar, yashil taksonomiya va yashil yuvish (greenwashing) xavflarini boshqarish muammolari tadqiq qilingan.
Mazkur maqolada O‘zbekiston moliya bozorining hozirgi holati va uning rivojlanishida yuzaga kelayotgan asosiy institutsional muammolar tahlil qilindi. Xususan, investor ishonchining pastligi, kapital qiymatining nisbatan yuqoriligi, korporativ boshqaruv sifati va uzoq muddatli moliyalashtirish manbalarining yetishmasligi kabi omillar ilmiy jihatdan ko‘rib chiqildi. Ushbu muammolarni bartaraf etishda ESG (Environmental, Social, Governance) tamoyillarini moliya tizimiga integratsiya qilishning iqtisodiy asoslari va mexanizmlari yoritiladi. Xalqaro empirik tadqiqotlar natijalari asosida ESG omillarining risklarni kamaytirish, axborot shaffofligini oshirish hamda kapitalga kirish imkoniyatlarini yaxshilashga ta’siri umumlashtirildi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida ESG tamoyillarini joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari va institutsional mexanizmlari bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi.