RIVOJLANGAN MAMLAKATLARNING DEKARBONIZATSIYA TAJRIBASINI O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH ISTIQBOLLARI
DOI:
https://doi.org/10.60078/2992-877X-2026-vol4-iss7-pp104-111Annotasiya
Maqolada rivojlangan mamlakatlar, xususan Yevropa Ittifoqining kam uglerodli iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash va dekarbonizatsiya siyosatini amalga oshirish borasidagi tajribasi tahlil qilingan. Tadqiqotda Yevropa Ittifoqida qo‘llanilayotgan asosiy mexanizmlar, jumladan, emissiya savdosi tizimi (ETS), uglerod soliqlari, Transchegaraviy uglerodni tartibga solish mexanizmi (CBAM), qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish hamda energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda dekarbonizatsiya jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari baholangan. Tadqiqot natijasida rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish asosida O‘zbekistonda kam uglerodli iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish, energiya samaradorligini oshirish, sanoat va transport tarmoqlarini dekarbonizatsiya qilish, yashil moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish hamda milliy emissiya savdosi tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
dekarbonizatsiya kam uglerodli iqtisodiyot yashil iqtisodiyot issiqxona gazlari emissiyasi qayta tiklanuvchi energiya manbalari energiya samaradorligiBibliografik manbalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti(2022) “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-436-son Qarori.
Apergis N, Kuziboev B, Abdullaev I, Rajabov A. (2023) Investigating the association among CO2 emissions, renewable and non-renewable energy consumption in Uzbekistan: an ARDL approach. Environ Sci Pollut Res Int Mar;30(14):39666-39679. doi: 10.1007/s11356-022-25023-z. Epub 2023 Jan 4. PMID: 36596974.
Bataille C. et al. (2024) Assessing the Potential of Decarbonization Options for Industrial Sectors. – Joule, Vol. 8, No.
EU Emissions Trading system (2003) Directive,– Yevropa Emissiyalar Savdo Tizimi Direktivasi.
García Collazos J.S., Cardenas Ardila L.M., (2024) Franco Cardona C.J. Energy Transition in Sustainable Transport: Concepts, Policies and Methodologies. – Environmental Science and Pollution Research.
https:// gov.uz
https:// thetashkenttimes.uz
https:// www.worldometers.info
Minenergy.uz-O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi rasmiy sayti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro uglerod birliklari bozorida ishtirok etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-110 son Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasining “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-1073.
Pata S.K., Balcilar M. (2024) Decarbonizing Energy: Evaluating Fossil Fuel Displacement by Renewables in OECD Countries. – Environmental Science and Pollution Research.
Sinha, A., Venkatesh, A., Jordan, K. et al. (2024) Diverse Decarbonization Pathways under Near Cost-Optimal Futures. – Nature Communications.
Steckel M. et al. (2024) Assessing the Impact of Renewable Energy Policies on Decarbonization in Developing Countries. – Renewable and Sustainable Energy Reviews.










