O‘ZBEKISTON HUDUDLARIDA AQILLI SHAHAR RIVOJLANISHINI QO‘LLAB QUVVATLOVCHI RAQAMLI-STRATEGIK SALOHIYATNI BAHOLASH
DOI:
https://doi.org/10.60078/2992-877X-2026-vol4-iss7-pp74-79Annotasiya
Maqolada O‘zbekistonning 14 ta ma’muriy hududida aqlli shahar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi raqamli-strategik salohiyat baholandi. Tadqiqot bazasi 2020–2025-yillar bo‘yicha Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy ma’lumotlaridan shakllantirildi. Internet abonentlari, axborot va aloqa xizmatlarining bozor xizmatlaridagi ulushi, aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hamda aholi jon boshiga bozor xizmatlari ko‘rsatkichlari maksimum usulida normallashtirildi. Indikator vaznlari Shannon entropiyasi yordamida aniqlandi va 2025-yil uchun kompozit indeks hisoblandi. Natijada Toshkent shahri, Navoiy va Toshkent viloyatlari yuqori raqamli-strategik salohiyat qayd etdi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi Yin va Liu konseptual yondashuvining O‘zbekiston hududiy statistikasi asosida takrorlanuvchan va ochiq vaznlash modeli bilan moslashtirilganidadir. Indeks aqlli shahar holatini emas, uni rivojlantirish uchun mavjud raqamli-iqtisodiy tayyorgarlikni ifodalaydi.
Kalit so‘zlar:
aqlli shahar raqamli iqtisodiyot strategik boshqaruv hududiy rivojlanish Shannon entropiyasi kompozit indeks raqamli infratuzilmaBibliografik manbalar
Gil-Garcia JR, Chen T, Gasco-Hernandez M.(2023) Smart City Results and Sustainability: Current Progress and Emergent Opportunities for Future Research. Sustainability.;15(10):8082.
IMD World Competitiveness Center. IMD Smart City Index (2026) Methodology. Lausanne: International Institute for Management Development; 2026. https://www.imd.org/smart-city-observatory/home/methodology/
Intergovernmental Panel on Climate Change. Climate Change (2022): Mitigation of Climate Change. Cambridge: Cambridge University Press; 2022. https://www.ipcc.ch/report/ar6/wg3/
Javidroozi V, Carter C, Grace M, Shah H. (2023) Smart, Sustainable, Green Cities: A State-of-the-Art Review. Sustainability.;15(6):5353. doi:10.3390/su15065353.
Liu K, Meng C, Tan J, Zhang G. (2023) Do smart cities promote a green economy? Evidence from a quasi-experiment of 253 cities in China. Environmental Impact Assessment Review. 99:107009. doi:10.1016/j.eiar.2022.107009.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot. SIAT, kod 1.01.03.0003. https://siat.stat.uz/data/660/
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Aholi jon boshiga bozor xizmatlari hajmi. SIAT, kod 1.05.01.0047. https://siat.stat.uz/data/1239/
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Axborot va aloqa sohasidagi xizmatlar hajmi. SIAT, kod 1.05.01.0019. https://siat.stat.uz/data/1208/
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni, 100 ta aholiga nisbatan, hududlar kesimida. SIAT, kod 1.06.02.0031. https://siat.stat.uz/data/1269/
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi, hududlar kesimida. SIAT, kod 1.05.01.0001. https://siat.stat.uz/data/1210/
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasining demografik ko‘rsatkichlari raqamlarda. 2026. https://stat.uz/
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.(2026) Toshkent shahri va unga tutash hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar.. https://president.uz/
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.(2026) Toshkent shahrini rivojlantirish va urbanizatsiya jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.. https://president.uz/en/lists/view/8970
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2026) Yangi Toshkent shahrini barpo etish loyihalari taqdimot qilindi. . https://president.uz/en/lists/view/9224
OECD(2008) European Union, European Commission Joint Research Centre. Handbook on Constructing Composite Indicators: Methodology and User Guide. Paris: OECD Publishing;. doi:10.1787/9789264043466-en.
Shannon CE. A (1948) Mathematical Theory of Communication. Bell System Technical Journal.;27:379–423, 623–656. doi:10.1002/j.1538-7305.1948.tb01338.x.
United Nations Department of Economic and Social Affairs. (2025) World Urbanization Prospects . New York: United Nations; 2025. https://www.un.org/en/desa/WUP-2025
Yigitcanlar T, Kamruzzaman M, Buys L, et al. (2018) Understanding smart cities: intertwining development drivers with desired outcomes in a multidimensional framework. Cities.;81:145–160. doi:10.1016/j.cities..04.003.
Yin Q, Liu G. (2020) Resource Scheduling and Strategic Management of Smart Cities under the Background of Digital Economy. Complexity.










