Ushbu maqolada alternativ moliya bozorining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblangan “Islom darchalari” faoliyatining mamlakatlar moliyaviy sektoriga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda “Islom darchalari” konsepsiyasi, ularning an’anaviy banklar tarkibida tashkil etilishining iqtisodiy samaradorligi, moliyaviy inklyuzivlikni oshirishdagi roli va Shariat tamoyillariga mos xizmatlarni taqdim etish orqali bozor talabiga javob berish imkoniyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, ushbu mexanizmning rivojlanayotgan mamlakatlardagi bank sektori barqarorligiga va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga ta’siri tahlil qilinadi. Maqola tajriba asosidagi empirik natijalar va nazariy yondashuvlarni birlashtirgan holda “Islom darchalari”ning global moliyaviy bozordagi istiqbollarini ham yoritadi.
Mazkur maqolada an’anaviy va islomiy bank xizmatlarining iqtisodiy mohiyati, faoliyat tamoyillari, afzallik va kamchiliklari qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqotda moliyalashtirish mexanizmlari, daromad shakllantirish usullari, risklarni boshqarish tamoyillari hamda mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar ilmiy jihatdan baholandi. Shuningdek, jahon moliya bozorida an’anaviy va islomiy moliyaning ulushi, rivojlanish tendensiyalari hamda islom moliyasining tarkibiy tuzilmasi statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilindi. SWOT tahlili yordamida har ikkala bank tizimining kuchli va zaif tomonlari, imkoniyatlari hamda tahdidlari aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, an’anaviy moliya tizimi global moliya bozorida yetakchi mavqega ega bo‘lsa, islom moliyasi yuqori o‘sish sur’atlari va shariat tamoyillariga mos moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabning ortib borishi bilan ajralib turadi. Tadqiqot yakunida O‘zbekiston bank tizimida islomiy bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Maqolada raqamli to‘lov tizimida bank va mobil aloqa operatorlari (MNO) o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy kombinatsion modellari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. MNO-yetakchi, bank-yetakchi, qo‘shma korxona va platforma ekotizimi modellari mukammal o‘rganiladi. O‘zbekiston misolida Beeline, Ucell, Uzmobile, Mobiuz kabi aloqa operatorlari va Uzum Bank, Payme, Click kabi fintech platformalarining hamkorlik tajribasi yoritiladi. Tadqiqot mamlakatda bank-MNO hamkorligi samaradorligini oshirish va raqamli moliyaviy inklyuzivlikni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar bilan yakunlanadi